
Endi “Real”ga Mbappe ham, Xoland ham kerak emas!
“Real” klubi PSJ to‘purari Kilian Mbappe va “Manchester Siti” forvardi Erling Xolandni olish fikridan butunlay voz kechishga tayyor.
Todofichajes nashrining ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” jamoa kelajagini braziliyalik vunderkind Endrik bilan bog‘layapti.
Bu hujumchi kelasi yil yozda “Palmeyras”dan “Santyagu Bernabeu”ga ko‘chib keladi. Transfer masalalari hal qilib bo‘lingan.
Bundan tashqari, madridliklar yana bir necha tajribali hujumchilarni nishonda ushlab turibdi. Ular Dushan Vlaxovich, Rafael Leau va Xulian Alvaresga ham shartnoma berishga tayyor.
“Napoli” yulduzi Viktor Osimxen bir necha klublar qatori “Real” ro‘yxatiga ham kiritilgan.
Fikrlar