
Endi Superliganing parallel vaqtda boshlanadigan o‘yinlari ham jonli efirda ko‘rsatiladi
PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasida Superliga uchrashuvlari translyatsiyasi masalasida yangilik bo‘lganini ma’lum qildi.
"Hozirgina "Mahalla" hamda "Sport" telekanali bosh direktorlari bilan suhbatlashdik. Rejaga ko‘ra, FIFA kunlaridan keyin start oluvchi Superliganing 11-tur o‘yinlaridan boshlab, parallel start oladigan o‘yinlarning bittasi "Mahalla" kanalida efirga uzatilishga yaqin.
Bu holat o‘yinlar vaqtini belgilashda va futbolchilarning issiq havoga qolib ketmasliklarida O‘zPFL hamda futbol klublari uchun qulaylik tug‘diradi. Vaziyatni to‘g‘ri tushungan MTRK rahbariyati, shuningdek, "Mahalla" hamda "Sport" telekanali rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz", - deydi Imomxo‘jaev.
Fikrlar