
Endi u terma jamoaga yordam bermaydi
Jahon futboli tarixida o‘z mamlakati terma jamoasi uchun eng ko‘p gol urgan futbolchilardan biri Sunil Chetri xalqaro miqyosdagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.
Hindiston terma jamoasining afsonasi uchun 11 iyul kuni Kuvayt futbolchilariga qarshi o‘tkaziladigan bahs xalqaro miqyosdagi oxirgi o‘yin bo‘ladi.
Bu uchrashuv 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida o‘tkaziladi.
- Oxirgi uchrashuvni hammamiz uchun yutuqlik va shundagina quvonch bilan ketishim mumkin. Ichimda faoliyatimni davom ettirish kerak, degan fikr ham bor. Biroq aqlim tugatish kerakligini aytmoqda. Bu oson bo‘lmaydi, - dedi Sunil Chetri.
Chetri Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogi guruh bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan bahsda ham maydonga tushgan va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmagan edi.
39 yoshli forvard Hindiston terma jamoasi safida 150 ta bellashuvda qatnashib. Raqib darvozasiga 94 ta to‘p kiritgan. Sunil terma jamoa uchun urilgan gollar soni bo‘yicha faqatgina Krishtianu Ronaldu, Ali Dayi va Lionel Messidan ortda qolgan xolos.
Fikrlar