Endrik: "Krishtianu Ronalduni — mening kumirim"
"Lion" hujumchisi Endrik Krishtianu Ronalduni oʻzining asosiy kumiri deb atadi.
— Futbolda men uchun birinchi raqam — Krishtianu Ronaldo. Balki, Romarioning oʻyinini koʻrmaganim sabablidir. Lekin Ronaldo — nomer bir.
Meni eng hayratga soladigan jihat — u 40 yoshida ham barchadan koʻproq mehnat qiladi. Faoliyati yakuniga yaqinlashgan boʻlsa-da, hali ham koʻp yillar oʻynay oladi. Men shunga umid qilaman.
19 yoshlı Ronaldo bilan taqqos haqida:
— Mening Braziliyadagi hayotim oson boʻlmagan. Atrofimda katta bosim va afsuski, koʻplab ijtimoiy muammolar bor edi. Bunday sharoitda inson tez ulgʻayadi. Ronaldo bilan taqqoslash yoqadi, chunki uning bolaligi ham ogʻir kechgan. U har doim nihoyatda qattiq mehnat qilgan tengsiz futbolchi. Menga aynan shu obraz — har kuni eng yaxshisi boʻlish uchun mehnat qiladigan inson obrazi yoqadi.
Kelasi jahon chempionatida Ronaldoga qarshi oʻynash ehtimoli haqida:
— Oh, Krishtianu... bu juda ajoyib boʻlardi. Umid qilamanki, bu oʻyin boʻladi — va biz gʻalaba qozonamiz, — deya kulgan holda javob berdi 2025 yilda Braziliya terma jamoasi safida 1 ta oʻyin oʻtkazgan "Lion" forvardi.
Fikrlar