Endrik: "Neymar men uchun haqiqiy futbol afsonasi"
- Bilolbek Imomov
- Izohlar: 0
- Futbol
"Real" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrik o‘zi eng ko‘p havas qiladigan braziliyalik futbolchi kim ekanini aytdi.
Yosh forvarddan 2002 yildagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan Braziliya terma jamoasi yulduzlari haqida so‘ralganda, u bir qator afsonaviy futbolchilar nomini tilga oldi.
"Biz o‘tmiş yulduzlari haqida ko‘p narsa bilamiz. Ronaldo, Rivaldo, Romario va Ronaldinyo kabi buyuk futbolchilar bor. Ammo men o‘yinini, driblingini ko‘rgan haqiqiy futbol afsonasi, albatta, Neymar hisoblanadi.
U buyuk futbolchi. Unga o‘xshashga harakat qilishni istaysan, uni kuzatish esa har doim qiziq. Chunki unda haqiqiy braziliyacha uslub va joziba bor", — dedi Endrik.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q