Endrik qishki transferlar oynasida «Real»ni tark etishi mumkin
Muhammadqodir Ruzmatov
«Real» hujumchisi Endrik o‘yin amaliyoti kamligi sababli qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.
«Real» hujumchisi Endrik qishki transferlar oynasida Madrid klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida futbol insayderi Matteo Moretto xabar berdi.
Jurnalistning taʼkidlashicha, 20 yoshli braziliyalik futbolchi yetarlicha oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotgani sababli jamoani tark etmoqchi. Hozirda hujumchiga asosiy daʼvogarlar sifatida Italiyaʼning «Roma» va «Milan» klublari koʻrilmoqda.
Joriy mavsumda Endrik «Real» safida barcha musobaqalarda toʻrtta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Maʼlumot uchun, bugun «Real» Ispaniya chempionatining 10-turida «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar (0)