Endrik yangi jamoa tanladi

  • 4 noyabr, 15:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan braziliyalik hujumchi Endrik qishki transferlar oynasi ochilishi bilan Frantsiya chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda.

Tecno

L'Équipe nashrining yozishicha, “Lion” klubi mutasaddilari 19 yoshli futbolchi transfer bo‘yicha “Real” bilan o‘tkazilayotgan muzokaralarni ijobiy yakunlashga yaqin turibdi.

Manbaning yozishicha, “Lion” bosh murabbiyi Paulu Fonseka Endrik bilan telefon orqali suhbatlashib, uni loyihaning kelajagi va unda futbolchiga beriladigan imkoniyatlarga ishontira olgan.

Endrik bir necha haftadan beri madridliklar bilan sotib olish huquqisiz ijara imkonini muhokama qilmoqda.

“Real” 2024 yilning yozida Endrikni katta umidlar bilan transfer qilgan edi. O‘tgan mavsum yosh o‘yinchi avvalgi bosh murabbiy Karlo Anchelotti qo‘l ostida 37 marotaba maydonga tushgan edi.

Jaoma boshqaruvi Xabi Alonsoga o‘tgach, Endrikka o‘yin amaliyoti berilmayapti. Futbolchi Braziliya terma jamoasidan jahon chempionatida ishtirok etish uchun chaqiruv olish maqsadida boshqa klubga o‘tishga ko‘ndi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!