"Energetik-BGU"dan g‘alaba, Yaxshiboevdan golli uzatma

CHERY AUTO

Bugun Belarus chempionatida 2-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shaxboz Umarovlar faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" jamoasi bu tur safarda "Rux" klubiga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Brest shahrida kechgan uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobidagi kichik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Bellashuvdagi yagona gol 44-daqiqada Miroshnikov tomonidan kiritildi. Bo‘ydor himoyachi Yaxshiboevning burchak to‘pidan oshirgan uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Mazkur gol o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi.

Yaxshiboev 62-daqiqada zaxiraga olingan bo‘lsa, Umarov 73-daqiqada maydonga tushdi.

Belarus chempionati / 2-tur

"Rux" - "Energetik-BGU" 0:1

Gol: 0:1 – 43 Miroshnikov.
 
"Rux": Nechaev, Gayduchik, Kolpachuk, Migunov, Kovtun, Vilyam, Tixonovskiy, Osuchukvu, Grechixo, Kontsevoy, Petrenko.
 
"Energetik-BGU": Lesko, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboev, Girs, Tve, Musaxanyan, Atemeng.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shox Farxadovich
28/03/2020 00:36
Saviyasi past ekan chempionati.. Masharipov 11 ta gol uradigan chempionat ekan???????? Yaxshiboyev shu chempionatayam oynolmasa futboli yigishtirsin.. Umarov yaxshi oynadi lekin..
All Football
28/03/2020 19:56
Жуда тугри савияси пастрок экан. Лекин Узбекистондан кура Белоруссия кулайрок Европага чикиш учун. Жасурга омад тилашдан бошка хеч нарса дея олмаймиз.