Eng badavlat klub “Barsa”ga legioner uchun mo‘may summa taklif qildi

  • 23 avgust, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin katta transfelarni dalil amalga oshirishga ko‘nikib qolgan “Nyukasl” mutasaddilari “Barselona” o‘yinchisiga o‘z tikdi.

Tecno

Aslida “qarg‘alar” himoyani kuchaytirish uchun  “Kristal Pelas”dan Mark Gexini transfer qilmoqchi edi. Lekin “saroyliklar” taklif qilingan 55 million funtni qabul qilmadi. “Kristal Pelas” himoyachini 70 million funtga baholamoqda.

Bu transfer barbod bo‘lganidan keyin “Nyukasl” e’tiborini Andreas Kristensenga qaratdi. Kataloniyaliklar himoyachisini 30 million evroga xarid qilish imkoni bor.

Biroq “Barselona” daniyalik legionerni qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. Ronald Arauxo og‘ir jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqani bois Kristensen uning o‘rnini yopib turibdi.

Mutaxassislar agar Kristensen bo‘yicha taklif kataloniyaliklarni qanoatlantirsa, kelishuv amalga oshishi ehtimoli kattaligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!