Eng baquvvat futbolchi trenajyor zaliga borishi taqiqlandi

  • 04.03.2026 13:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida qolish uchun kurashayotgan “Vest Xem” jamoasi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu hujumkor futbolchi Adama Traorega trenajor zaliga borishni taqiqlaganini ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha,  ispaniyalik futbolchining ajoyib mushak massasi bor va bu genetika bilan bog'liq. Shu sababli unga og'irlik ko'tarish shart emas.

Nunu Traorega trenajor zalidan uzoqroq yurishni aytgan. Uning fikricha, futbolchi zaldа profilaktik mashqlarni bajaradi, ammo og'irliklar bilan ishlamaydi.

Murabbiy jamoaning 18 yoshli himoyachi Ayridas Golambekisga ko'proq trenajorlarda mashq bajarishni maslahat berdi. Yosh futbolchi tajribali Traoredan farqli ravishda  vazn qo'shish kerak va shuning uchun u mashg'ulotlar jarayonida trenajor zalida ko'proq mashq qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!