Eng katta maosh olayotgan o‘nta futbolchi kimlar?

  • 21 avgust, 2023, 15:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning mashhur Le Parisien nashri ayni paytda eng katta maosh olayotgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Tecno

Saudiya Arabistoni klublari transfer bozoriga shiddat bilan kirib kelishi oqibatida maoshlar miqdori ham misli ko‘rilmagan darajada oshib ketdi.

Manbaga ko‘ra, bugungi kunda eng katta maoshni “An-Nasr” sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu va “Real”dan “Al-Ittihod”ga ko‘chib o‘tgan Karim Benzema olmoqda. Ularning yillik maoshi 200 million dollar atrofida ekani qayd etildi.

Undan keyingi o‘rinlarni “Al-Hilol” bilan shartnoma imzolagan Neymar va “Al-Ittihod”ga qo‘shilgan N’Golo Kante egallagan. Bu ikki o‘yinchiga klublar 100 million dollar atrofida xizmat haqi bermoqda.

Evropada qolgan o‘yinchilar orasida eng katta maosh Kilian Mbappeda. PSJ unga yiliga 75 million dollar to‘layapti.

Eng ko‘p maosh olayotgan futbolchilar reytingiga Lionel Messi (“Inter Mayami”, 45 million dollar), Sadio Mane (“An-Nasr”, 40 million dollar), Jordan Xenderson (“Al-Ittifoq”, 40 million dollar), Riyad Mahrez (“Al-Ahli”, 35 million dollar), Kalidu Kulibali (“Al-Hilol, 30 million dollar) kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!