Eng kuchli dzyudochilarimiz Urganchda jam bo‘lishdi

  • 1 oktabr, 2021, 16:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun Xorazm viloyatining Urganch shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi.

Muhtasham “Yoshlik” sport majmuasi mezbonlik qilayotgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 557 (441 o‘g‘il bola, 116 qiz) nafar dzyudochi 14 ta vazn toifasida tatamiga chiqmoqda. Shuningdek, MHSK dzyudochilari ham alohida jamoa sifatida ishtirok etishyapti. Murosasiz kechayotgan bellashuvlarni 30 nafar tajribali hakamlar boshqarib borishmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida o‘g‘il bolalar -60, -66 kg, qizlar esa -48, -52 va -57 kg vazn toifasida bellashadilar. Bugungi bahslarda jami 262 (196 o‘g‘il bola, 66 qiz) ishtirokchi tatamiga chiqyapti. Kunning ikkinchi yarmida, aniqrog‘i soat 17:00da medallar uchun final bellashuvlari boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!