Eng qimmat tarkibga ega jamoa nomi e’lon qilindi

  • 5 oktabr, 2021, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES)  bugungi kunda eng qimmat tarkibga ega jamoalarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Mazkur tashkilot kuchli beshlik chempionatlari – Angliya premer-ligasi, Ispaniya primerasi, Germaniya Bundesligasi, Italiya A Seriyasi va Frantsiyaning Liga 1 turnirlaridagi jamoalar tarkibi qiymatini o‘rganib chiqdi.

Ayni paytda eng qimmat tarkibga Xosep Gvardiola ustozlik qilmoqda. “Manchester Siti” tarkibidagi futbolchilarning umumiy transfer summasi 1,28 milliard evroni tashkil qildi.

Kulich o‘nlikka quyidagi jamoalar kiritildi:

  1. “Manchester Siti” (Angliya) — € 1,280 mlrd
  2. “Manchester Yunayted” (Angliya) – € 1,214 mlrd
  3. “Chelsi” (Angliya) – € 946 mln
  4. “Barselona” (Ispaniya) — € 896 mln
  5. “Bavariya” (Germaniya) — € 890 mln
  6. “Liverpul” (Angliya) — € 868 mln
  7. “Real” (Ispaniya) — € 846 mln
  8. “Pari Sen-Jermen” (Frantsiya) — € 808 mln
  9. “Borussiya” Dortmund (Germaniya) – € 687 mln
  10. “Atletiko” (Ispaniya) — € 662 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!