
Eng sovrindor futbolchilar! Messi yana bir rekordga yaqin kelmoqda
PSJ hujumchisi Lionel Messi yana bir rekord o‘rnatish arafasida.
35 yoshli futbolchi bir necha kun avval Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Shu tariqa, u titullari sonini 42 taga etkazib oldi. Leodan oldinda faqatgina Dani Alvesh bor. Uning hisobida 43 ta sovrin bor.
Qayd etish lozim, ayni vaqtda Messi harakat qilayotgan PSJ jamoasi Liga 1'da peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, Parij klubida EChL hamda Frantsiya kubogida g‘olib chiqish imkoniyati mavjud.
Fikrlar