
Eng zo‘r o‘nta darvozabon aniqlandi
Angliyaning FourFourTwo portali XXI asrning eng kuchli o‘nta darvozabonini aniqladi. Portal ekspertlari bu reytingga hozirgi kunda eng mashhur bo‘lgan “Real” posboni Tibo Kurtua, “Barselona” darvozaboni MarkAdre ter Shtegen kabi golkiperlarni kiritgani yo‘q.
Reyting bilan tanishing:
10-o‘rin Ugo Loris:
2018 yili Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘ldi.
9-o‘rin Julio Sezar:
Braziliyalik darvozabon “Inter” jamoasi bilan treblga erishgan.
8-o‘rin David De Xea:
“Manchester Yunayted”da o‘ynagan davrlarida Angliya Premer-ligasining eng zo‘r posbonlaridan bo‘lgan.
7-o‘rin Viktor Valdes:
“Barselona” sharafini munosib himoya qilgan futbolchi kataloniyaliklar bilan ko‘p yutuqlarga ega chiqqan edi.
6-o‘rin Oliver Kan:
Nemis futboli afsonalaridan. “Bavariya” safida o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlar g‘olibi.
5- o‘rin Manuel Noyer:
“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi safida barcha turnirlarda g‘olib chiqqan.
4-o‘rin Petr Chex:
“Chelsi” tarkibida Anglyai Premer-ligasining qator rekordlarini o‘rnatgan.
3-o‘rin Edvin van der Sar:
O‘tgan asrning so‘nggi yillaridan porlay boshlagan niderlandiyalik darvozabon yangi asrda “Manchester Yunayted” safida qator rekordlarni urdi.
2-o‘rin Iker Kasilyas:
“Real” afsonalaridan, madridliklar bilan uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Ikki marta Evropa va bir marta jahon chempioni bo‘ldi.
1-o‘rin Janluiji Buffon:
Italiya futboli afsonasiga aylangan darvozabon 45 yoshgacha darvozasini hech kimga bermadi. Jahon chempioni bo‘ldi, lekin Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini unga armon bo‘lib qoldi.
Fikrlar