
Engil atletika. Anvar Anvarov Shvetsiyadagi xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Shvetsiyaning Sollentuna shahrida engil atletika bo‘yicha “Folksam GP Sollentuna” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Yurtdoshimiz uzunlikka sakrash dasturida yana bir yuqori natijasi bilan mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Bu gal Anvarov 7,80 metr ko‘rsatishga erishdi.
Oltin - Anvar Anvarov (O‘zbekiston) – 7,80 mmetr
Kumush - Lazar Anich (Serbiya) – 7,60
Bronza - Ugo Olsson (Shvetsiya) – 7,42
Fikrlar