Engil atletika. Ikki nafar vakilimiz Keniyada yig‘in boshladi

TIGGO 2 PRO

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi Shohruh Davlatov hamda Evgeniy Fadeev Keniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi. Mashg‘ulotlar Iten shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Yaxshi ma’lumki, keniyalik yuguruvchilar uzoq masofalarga o‘tkaziladigan poygalarda dunyodagi eng kuchlilardan sanalishadi. Ushbu shahardan o‘nlab jahon va Olimpiada chempionlari etishib chiqqan. Shahar dengiz sathidan 2350-2400 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, sportchilar uchun kerakli sharoitlar mavjud.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Davlatov bir o‘zi ushbu shahardagi yig‘inda qatnashgan va bu Toshkent V Xalqaro marafoni hamda boshqa turnirlarda o‘z samarasini ko‘rsatgan edi. Joriy yig‘in 18 avgustga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, atletlarimiz uchun Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik yo‘lidagi muhim bosqich vazifasini o‘tab beradi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!