
Engil vazn toifasida Habib Nurmagomedovdan keyingi eng kuchli jangchi kim? Korme javob berdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme Habib Nurmagomedovdan keyin engil vazn toifasidagi eng yaxshi jangchi, deya Dastin Poreni e’tirof etdi.
"Dastin Pore engil vazn toifasidagi dunyodagi ikkinchi eng kuchli jangchi",-dedi Korme ESPN MMAning Instagram sahifasidagi chiqishida.
Dastin yaqindagina “UFC on ESPN 12” turnirida avstraliyalik Den Xukerni mag‘lub etgandi. Bu Dastinning 2019 yil sentyabr oyida tashkil etilgan “UFC 242” turniridagi Habib Nurmagomedovdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, ilk jangi bo‘ldi.
Fikrlar