Enrike "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan jarohatlar haqida gapirdi

  • 28.09.2025 13:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

1 oktyabr kuni Chempionlar ligasining 2-turida "Barselona" o‘z maydonida PSJni qabul qiladi. Bo‘lajak to‘qnashuv oldidan har ikki jamoa tarkibidagi yo‘qotishlar diqqat markazida turibdi.

"Har doim ijobiy bo‘lish kerak, salbiy fikrda bo‘lish oson. Afsuski, PSJ va "Barsa"ning 5–6 muhim futbolchisi bahsda maydonga tusha olmaydi. Bu – men uchun ham, Flik uchun ham, ikki jamoa muxlislari uchun ham afsuslanarli holat", – dedi Enrike.

Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis Xvicha va Vitinya jarohati haqida gapirdi

"Hech narsa ayta olmayman. Ertangi tekshiruv natijalarini kutamiz. Bu futbolda tabiiy hol. Asosiysi – xotirjamlikni saqlash. Jamoada etarlicha kuch bor, muxlislar yordam bersa, bundan chiqib ketamiz", – deya qo‘shimcha qildi PSJ murabbiyi.

Ayni paytda parijliklar safida Usmon Dembele va Dezire Due, "Barselona"da esa Rafinya, Joan Garsiya, Gavi va Fermin Lopes jarohat sabab maydonga tusha olmasligi aniq bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!