Enrike “Bavariya”ga qarshi o‘yindan oldin Dembelening holatini baholadi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi doirasidagi “Bavariya”ga qarshi o‘yindan oldin jamoaning etakchi hujumchisi Usmon Dembelening holati haqida gapirdi. Murabbiy ta’kidlashicha, Dembele mashg‘ulotlarda yaxshi ishlamoqda va so‘nggi o‘yinlarda ajoyib natija ko‘rsatgan.
“Uning holati yaxshilandi. Albatta, Usmon "Bavariya"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Lekin necha daqiqa o‘ynashini o‘yindan oldin aniqlaymiz”, — dedi Enrike.
Ma’lumot uchun, ushbu to‘qnashuv bugun, (5 noyabr) Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00'da boshlanadi.
Fikrlar