Entoni Joshuа ishtirokidagi avtоhalоkatga guvоh bo‘lgan shaxs tafsilоtlarni ochiqladi
Britaniyalik bokschi Entoni Joshuа ishtirokidagi avtohalokat guvohi Adeniyi Orojo voqea haqida fikrlarini bildirdi.
"Lexus Pajero ga borib urildi. Joshuа haydovchining orqasida o'tirgandi. Hodisa paytida Lexus da to'rt kishi bo'lgan. Biz yo'l xizmati yetib kelishidan oldin qutqaruv ishlarini boshladik. Haydovchinig va Joshuaning yonida o'tirgan odamlar voqea joyida vafot etdi", - dedi Orojo "Daily Express" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, ushbu baxtsiz hodisadan bir necha soat o'tib, qurbonlar Joshuaning murabbiylari ekani ma'lum qilindi.
Fikrlar