Avtohalokatga uchragan bokschi shifoxonadan chiqdi

  • 01.01.2026 17:22
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, bir necha kun avval, britaniyalik bokschi Entoni Joshuа YTHga uchragab, zudlik bilan Nigeriyaning Lagos shahridagi mahalliy shifoxonaga yutqizilgandi.

Sobiq chempion kecha yaʼni 31 dekabr oqshomida shifoxonadan chiqdi. Endi u Nigeriyada bir necha kun qoladi va oʻz uyida tiklanadi. Bu haqida "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.

OAV maʼlumotlariga koʻra, baxtsiz hodisaga haydovchining mashinani ruxsat etilgan tezlikdan yuqori haydagani sabab boʻlgan. Shundan soʻng avtomobil boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetida turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Joshua engil jarohat olgan, biroq ikki ishtirokchisi omon qolmagan - keyinroq xabar qilinishicha, ular bokschining murabbiylari boʻlgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!