
Erik ten Xagning “Manchester Yunayted” xo‘jayinlaridan hafsalasi pir bo‘ldi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bo‘lib turgan Erik ten Xagning klubdagi kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda.
Niderlandiyalik mutaxassis klub rahbarlarini o‘zining kelajagi bo‘yicha tezroq bir qarorga kelishga chaqirgandi. Biroq uning talabiga hali javob bo‘lgani yo‘q.
The Telegraph nashrining yozishicha, mavhumlik klubning transfer siyosatiga jiddiy ziyon etkazishi mumkin. Chunki kelasi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun yangi o‘yinchilarni taklif qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir necha manbalar Erik ten Xag tez orada ishdan olinishi mumkinligi va klub xo‘jayinlari uning o‘rniga munosib nomzod qidirayotganini yozmoqda.
Bosh murabbiylikka kutilayotgan nomzodlar orasida “Chelsi”dan ishdan olingan Maurisio Pochettino va Evropa chempionatidan keyin Angliya terma jamoasidan ketadigan Garet Sautgeyt bor.
Fikrlar