Eriksen "Manchester Yunayted"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen "Manchester Yunayted"ga o‘tishga qiziqish bildira boshladi.
The Independent nashri tarqatgan xabarga qaraganda 28 yoshli daniyalik futbolchi “qizil iblislar”ning taklifini ko‘rib chiqishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, u dastlab “Real”dan qiziqishlar bo‘layotgan paytda MYuga o‘tishni xohlamayotgan edi. Biroq, “qirollik klubi” uni sotib olish rejasidan qaytgani uchun mankuanliklar safiga o‘tishga rozi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Eriksenning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. U “shporlar” bilan kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti.



Fikrlar