Erkin agentga aylangan Jahongir Mehmonov mavsumni qaysi klubda boshlaydi?

  • 10 yanvar, 2022, 20:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yilgi mavsum avvalida “Turon” safiga qo‘shilgan himoyachi Jahongir Mehmonovning jamoasi bilan tuzgan shartnomasi tugagan. Shu bois himoyachi “Turon” bilan xayrlashdi.

Tecno

Futbolchi “Turon” tarkibida Superliganing 15 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Qolaversa, Kubok bahslarining 2 ta o‘yinida ham maydonga tushdi. Keyin esa Jahongir jarohat tufayli bir nechta uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmadi.

Ayni paytda Mehmonov jarohatidan forig‘ bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, unga ayrim jamoalardan takliflar kelib tushgan. Tez orada “Turon”ni tark etgan o‘yinchi o‘zi uchun ma’qul variantni tanlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!