Erkin kurash. Vakilimiz Jahon chempionati yarim finalida (video)

BEPUL PROPAN

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida U20 Jahon chempionatiga start berildi.

Birinchi kun erkin kurashchilar beshta vazn toifasida bahslarni boshlab berishdi. 57, 65, 70, 79, 97 kg vazn toifasidagi polvonlar gilamga chiqdi.

Hamyurtimiz Umidjon Jalolov 65 kg vazn toifasida birinchi bahsda qirg‘izistonlik kurashchi ustidan 10:2, 1/8 finalda Chili vakilini 10:0 hisobida engdi. Jalolov chorak finalda yaponiyalik Yoshinosuke Aoyagiga xech qanday imkoniyat qoldirmay, 10:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasi qo‘lga kiritdi.

Umidjon final ostonasida AQSh sharafini himoya qilayotgan Robert Vinchenzo Kornella bilan bahs olib boradi.

Yana bir kurashchimiz 70 kg vazn toifasida Begijon Qo‘ldoshev saralash bosqichida eronlik Husain Abbos Muhammadga kichik 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi .

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!