Erkinboy Kutibaev: "Muxlislar Vladimir Klichkoga meni o‘ldirishini aytishdi, lekin jangda men yutdim"

  • 08.07.2024 17:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

O‘zbekiston muaytay olamining yorqin namoyandasi 5 karra jahon chempioni Erkinboy Qutibaev hozirda murabbiylik bilan shug‘ullanmoqda. "Legenda" rukniga biz ushbu fahriy chempionimizni taklif etdik va qiziqarli suhbat qurdik. Quyida, uning suhbatidan ba’zi fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz!

- Siz Vladimir Klichko bilan jang qilgan ekansiz?

- Ha, Ukrainada o‘qib yurganimda Kiev shahri chempionatini yutganman. Shunda ukrainalik murabbiylar meni o‘rnimga Vladimir Klichkoni Kiev shahridan chiqarishmoqchi bo‘lgan. Meni esa Kiev viloyatidan... To‘g‘risi, tushunmaganman. Balki shahardan chiqsa qandaydir imtiyolari bor bo‘lgan bo‘lsa kerakda. Keyin menga shuni taklif qilishgan. Men rozi bo‘lmaganman. Kiev shahrini men yutdimmi, men chiqaman deganman. Shunda ular unda sparring qilasizlar, kim yutsa, o‘sha shahardan chiqdi, dedi. Bo‘pti dedim. Kun belgilandi, borsak xuddi bitta musobaqaga to‘plangandek odamlar juda ko‘p. Meni ko‘rib, shu Vova bilan urushadimi deyishdi. Chunki, men oriq 90 kgga etar-etmas edim. Ringga chiqdik. 1-raunddan u xujumga o‘tdi. Men qarshi xujumda tuta boshladim. Birinchi raundda hamma Vova Vova deb baqirishni boshlashdi. Uni o‘ldir deya hayqirishdi. 2-raundda faqat murabbiyi va akasi Vitaliy Klichko qoldi xolos, hamma jim bo‘lib qoldi. 3-raundda bitta Vitaliy, Vova ishlash kerak derdi xolos. Xullas, unga imkon bermadim va g‘alaba qozondim. 

- Ukraina chempionatida ham u bilan to‘qnash kelganmisiz?
- Yo‘q. Ikkimizni ikki tomonga tashlashgan ekan. Men ikkita raqibimni nokaut bilan yutib chiqdim. 3-jangimda xarkovlik bola bilan tushdim. Bo‘ylari past, baqaloq bola edi. Shunchaki uni bitta zarbasi tegib ketdi. Ta’sir ham qilgani yo‘q o‘zi aslida. Referi jangni to‘xtatib, hisobni ochib, nokaut hisoblab yubordi. Men unga ey, hech narsa bo‘lgani yo‘qku, deb tortishdim. Foydasi bo‘lmadi. Chunki biz oddiy chetdan kelgan talaba edik. Bu ishni qilishlariga sabab, keyingi jang Klichko bilan bo‘lishi kerak edi. Vladimir uni 1-raundda nokautga uchratdi va chempionga aylandi. Meni Klichko uchun chopishgandi. 

To‘liq intervyuni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin https://youtu.be/z3E27CQQKUs?si=qyV5O3F0OxcVppFQ

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!