Erling Xoland jamoasining bu mavsumdagi natijalariga alohida toʻxtaldi

  • 05.04.2026 15:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jamoasining 2025/26 yildagi mavsumdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

"Mavsum biz uchun biroz notekis o‘tmoqda. "Manchester Siti" Chempionlar ligasidan chiqib ketdi va bu, albatta, bizni xursand qilmaydi. Ammo oldinda bizni yana boshqa muhim o‘yinlar kutmoqda", — dedi norvegiyalik to‘purar.

So‘nggi uchrashuvda Xosep Gvardiola shogirdlari o‘z maydonida "Liverpul"ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alaba orqali "shaharliklar" Angliya Kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Erling Xoland mazkur bahsda xet-trik muallifi bo‘ldi.

Ayni paytda "Manchester Siti" Angliya Premyer-liga jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam "Arsenal"dan to‘qqiz ochko orqada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!