Erling Xoland "Manchester Siti"dan qachon ketishi ma'lum

  • 16.03.2026 19:25
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand jamoani tark etishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Angliyaning "Manchester Siti" klubi forvardi Erling Holand yaqin kelajakda jamoasini o‘zgartirish ehtimoli bor. Norvegiyalik futbolchi allaqachon "shaharliklar" rahbariyatiga 2027-yilning yozida jamoadan ketish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga uning joriy yilda klubni tark etmasligi ham aniq. Holand uchun asosiy da’vogar sifatida Madriddning "Real" klubi aytilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Erlingni Kataloniyaning "Barselona"si ham sotib olishi mumkin. Nufuzli "Transfermarkt" portali 25 yoshli forvardni 200 million yevroga baholamoqda. Uning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2034-yilning yozida yakuniga yetadi. 

Ma’lumot uchun, strayker joriy mavsumda umumiy 41ta uchrashuvda maydonga tushib, 29ta gol va 9ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!