Ernesto Valverde: "Biz Evropa chempionlariga qarshi o‘ynadik"

  • 11.12.2025 16:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

UEFA Chempionlar Ligasi 6-turida Bilbaoning "Atletik" jamoasi o‘z uyida PSJ bilan bahs olib bordi va bellashuv 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi. Ushbu bahsdan so‘ng Ernesto Valverde o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Albatta, bu juda qiyin qo‘lga kiritilgan ochko edi. Biz Evropa chempionlariga qarshi o‘ynadik, yuqori bosim o‘tkazishga harakat qildik va ular vaziyatdan chiqib ketishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida 10 daqiqani yomon o‘tkazdik, ammo qolgan vaqtlarda biz juda yaxshi o‘ynadik. Ko‘ramiz, hali ham kurashdamiz.

Xursandman - chempionlarga qarshi juda qiyin o‘yin bo‘ldi va biz birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha ko‘p mehnat qilishimiz kerak edi. Bunday o‘yinlarda natijaga erishish uchun darvozabon yaxshi holatda bo‘lishi kerak va Unai Simon birinchi bo‘lim oxirida va ikkinchi bo‘limda bir nechta seyvlari bilan bizga yordam berdi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Bask jamoasi besh ochko to‘pladi va turnir jadvalida 28-o‘rinda bormoqda. Parijliklar 13 ochko bilan uchinchi o‘rinda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!