Eron ayollar terma jamoasi safida erkak futbolchilar o‘ynaydimi?

  • 16 noyabr, 2021, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Iordaniya futbol federatsiyasi (JFA) Osiyo futbol konfederatsiyasiga (AFC) Eron ayollar terma jamoasi futbolchilaridan birining jinsini tekshirishni so‘radi.

25 sentyabr kuni Iordaniya va Eron ayollar terma jamoalari o‘rtasida Osiyo Kubogi saralash bosqich uchrashuvi o‘tkazildi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi va penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g‘alaba qozongan Eron musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng iordaniyaliklar Eron terma jamoasining bir futbolchisi chindan ham ayol ekanligiga shubha qila boshlashdi. Futbolchining ismi oshkor etilmagan, biroq ayrim OAVlar gap darvozabon haqida ketayotganini yozmoqda.

JFA prezidenti, Iordaniya qiroli Husaynning o‘g‘li va FIFA vitse-prezidentlaridan biri Ali bin al-Husayn Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga maktub yo‘lladi.

“JFA tomonidan taqdim etilgan dalillar va turnirning ahamiyatiga asoslanib, biz OFKdan mustaqil tibbiy ekspertlar guruhi tomonidan ochiq tekshiruv boshlashni so‘raymiz.

Eron ayollar terma jamoasida gender muammolari va doping bilan bog‘liq muammolar borligini inobatga olib, ushbu futbolchi va jamoaning boshqa a’zolarini o‘ynash huquqi bor yoki yo‘qligini aniqlashimiz kerak”, - deyiladi maktubda.

Eron ayollar terma jamoasida o‘ynayotgan futbolchilarning jinsi bilan bog‘liq savollar 2010 va 2015 yillarda ham ko‘tarilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
16/11/2021 13:11
Албатта, Эрон да бундай муаммолар биринчи марта эмас! Аввал хам булган эди.