
Eron chempionati. "Fulad" ishonchli hisobda zafar quchdi, Yusupov quruq o‘yin o‘tkazdi
Eron chempionati 23-turidan o‘rin olgan "Fulad" - "Shardari Arak" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Sina Moridi 10-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Reza Sulayman 40-daqiqada farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, mazkur bahsda hamyurtimiz O‘tkir Yusupov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar