
Eron chempionati. "Persepolis" so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. Oston O‘runov esa zaxiradan maydonga tushdi
Eron chempionatining ilk turida "Persepolis" o‘z uyida "Fajr Sepasi" klubini qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida mehmon jamoa futbolchisi Shahabi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisi o‘tib borayotganda esa Ali Alipour hisobni tenglashtirib, jamoasining 1 ochko olishini ta’minladi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limda hamyurtimiz va terma jamoamiz a’zosi hisoblangan Oston O‘runov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Fikrlar