Eron "JCH-2026"da qatnashishdan bosh tortsa, unga jiddiy jazolar qo‘llanishi mumkin
Eron milliy terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etishdan bir tomonlama bosh tortsa, jamoaga Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan jiddiy sanktsiyalar qo‘llanishi mumkin. Bu haqida RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Eronning milliy jamoalari FIFA shafeligida o‘tadigan barcha musobaqalardan chetlatilishi mumkin. Shuningdek, kamida 275 ming yevro miqdorida jarima solinishi mumkin bo‘lib, bu summa jamoaning musobaqadan qachon voz kechishiga qarab 555 ming yevrogacha yetishi ehtimoldan xoli emas.
Bundan tashqari, FIFA intizom qo‘mitasi Eron jamoasiga nisbatan sport sanktsiyalarini ham qo‘llashi mumkin. Ular qatorida keyingi musobaqalarda ochkolarning olib tashlanishi ham bor.
Avvalroq Eron terma jamoasi AQShning Yaqin Sharq davlatiga nisbatan olib borayotgan siyosat sabab jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu masala yuzasidan AQSh prezidenti Donald Tramp ham fikr bildirgan.
Ma’lumot uchun, ular "JCh-2026" musobaqasiga yo‘llanma olgan va "G" guruhidan joy olgan. Ushbu guruhda jamoa Belgiya, Misr va Yangi Zelandiyaга qarshi maydonga tushishi kerak. Uchrashuvlarning barchasi AQSh hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar