Eron Pro-ligasi. Oston O‘runov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda "Persepolis" durang o‘ynadi

  • 03.10.2025 23:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Eron Pro-ligasining 6-turida "Persepolis" o‘z uyida "Goxar"ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 
 
Dastlab, bellashuvning 56-daqiqasida Mexdi Tikdari hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 20 daqiqa o‘tib esa Ali Alipur 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi va jamoasiga 1 ochkoni taqdim etdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, terma jamoamiz a’zosi hisoblangan Oston O‘runov 87-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. 
 
Eslatib o‘tamiz, "Persepolis" suhbu bahsdan so‘ng ochkolar sonini 8 taga etkazib olib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!