Eron Pro-ligasi. Oston O‘runovning goli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi

  • 28.11.2025 20:08
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol

Eron Pro-ligasining 11-turida "Persepolis" jamoasi safarda "Shams Azar" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. G‘alaba goliga esa hamurtimiz Oston O‘runov mualliflik qildi. 
  
Dastlab, to‘qnashuvning 6-daqiqasida Amir Reza hisobni ochdi. 18-daqiqada esa Saib Mohebi oradagi farqni yo‘qqa chiqazgan holda, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 74-daqiqada esa milliy terma jamoamiz futbolchisi Oston O‘runov gol urib, "Persepolis"ning g‘alaba qozonishini ta’minladi. 
  
Eslatib o‘tamiz, "Persepolis" 11 ta uchrashuvdan so‘ng onlayn turnir jadvalida 18 ochko bilan etakchilik qilmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
28/11/2025 21:05
Газини бос Остон.Спартак ва УФА жамоаси рахбарлариники бир ачишиб ётишсин