Eron Pro ligasi. Sergeev va O‘runov o‘ynagan bahsda "Persepolis" mag‘lub bo‘ldi

  • 08.02.2026 21:14
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Eron Pro ligasining 20-turida "Malavan" o‘z uyida "Persepolis"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 11-daqiqada Javad Muḥammadiy tomonidan kiritildi. Shuningdek, mehmonlar safida Igor Sergeyev va Oston O‘runov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Sergeyev maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, O‘runov 61-daqiqada zahiraga olindi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Tehron jamoasi 34 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!