
Ertaga "Bellator" promoushenida super jang bo‘ladi (Video)
Ertaga tongda AQShning Konnektikut shtati Ankasvill shaharchasidagi “Mohegan Sun” arenasida “Bellator 257” turniri tashkil etiladi. Mazkur oqshomning markaziy jangi rossiyalik ushbu promoushenning yarimog‘ir vazn toifasi chempioni, afsonaviy Fyodor Emelyanenkoning shogirdi Vadim Nemkov hamda Fil Devis o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ular avval ham to‘qnash kelgan va unda Nemkov g‘alaba qozongan edi.
Bu safar natija qanday ko‘rinish oladi, erta tongda bilib olamiz.
Ushbu jang avvalida esa, vazn o‘lchash hamda “Face to Face” marosimi bo‘lib o‘tdi.
Fikrlar