Ertaga, Shaxobiddin Zoirov navbatdagi jangini o‘tkazadi

  • 11 iyul, 2019, 21:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, Shahobiddin Zoirov ham professional boksda faoliyat olib bormoqda. Reja bo‘yicha, bokschimiz ertaga Jiddada hindistonlik Amandip Singhga qarshi ringga chiqishi lozim edi. Voqealar rivoji o‘zgarib, yurtdoshimizga ertaga boshqa bir hindistonlik charmqo‘lqop ustasi Sandib Singh Battia raqiblik qiladigan bo‘ldi. 

Tecno

Bugun, vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Har ikki bokschi belgilangan me’yorni bajara oldilar.

Eslatib o‘tamiz, buxorolik bokschi profi ringda ikki bora jang o‘tkazgan va ularning har ikkisida ham nokaut bilan g‘alaba qozongan. Hind bokschisi esa bitta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.76074_680 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!