
Ertaga O‘zbekiston tarixidagi eng “qariya” va debyutant klublari o‘ynaydi
Ertaga “Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentdagi JAR stadionida “Olimpik” bilan kuch sinashadi. Bu o‘yin har ikki jamoa tarixidagi ikkinchi o‘yin sifatida tarixga kiradi. Mazkur jamoalarning O‘zbekiston chempionatidagi ilk rasmiy o‘yini, Superliganing 2-turi doirasida 9 mart kuni Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tgan. O‘sha bahsda vodiyliklar Javohir Sidiqovning supergoli evaziga minimal hisobda g‘alaba qozongan. Dastlabki o‘yinda “Olimpik” darvozaboni Vladimir Nazarov “Qo‘qon-1912” sardori Murod Xolmuhammedov tomonida amalga oshirilgan penaltini to‘sib, o‘yindagi hisobni minimal ko‘rinish olishini ta’minlagan edi.
Hakamlar
Bosh hakam: G‘ayrat Jo‘raev
Yordamchi hakamlar: Bektursin Kannazarov, Jalgasbay Sarsenov
Zahira hakami: Nayim Qosimov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Abbos Ahrorov
Boshlanish vaqti
“Olimpik” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 11 avgust kuni, soat 19:00da boshlanadi. Uchrashuv Toshkentdagi JAR stadionida bo‘lib o‘tadi. “Olimpik” jamoasining uy arenasi hisoblangan JAR stadioni ta’mirlashdan so‘ng ertaga ilk marta Superliga uchrashuvini qabul qiladi.
Ushbu jamoalarning U21 tarkiblari o‘rtasidagi o‘yin esa 12 avgust kuni JAR stadionining zahira maydonida, soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati
Fikrlar