Ertaga qaysi bokschilarimiz ringga chiqadi?
Tokio shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida boks musobaqalari davom etmoqda.
Ertaga 30 iyul kuni yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. Dastlab Toshkent vaqti bilan soat 08:36 da erkaklar o‘rtasida -69 kg vazn toifasida Bobousmon Boturov britaniyalik Pet Makkormakga qarshi jang olib boradi.
Soat 13:15 da ayol bokschimiz Rayxona Qodirova Kongo demokratik respublikasi vakili Naomi Yumbaga qarshi ringga chiqadi.
Fikrlar