
Ertaga Toshkent mezbonligida o‘tadigan Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. O‘zbekistonga kimlar raqib bo‘lishi mumkin?
Ertaga U20 Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Soat 12:00 da boshlanadigan marosimda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralanadi.
Musobaqa mezboni O‘zbekiston U20 terma jamoasi 1-savatchadan joy olgan. Shuningdek, ushbu savatchadan Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni va Qatar ham o‘rin olgan.
Qur’a savatchalari:
1-savatcha
O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni
Koreya Respublikasi
Qatar
2-savatcha
Yaponiya
Tojikiston
Avstraliya
Indoneziya
3-savatcha
Iordaniya
Xitoy
Iroq
Vetnam
4-savatcha
Eron
Ummon
Suriya
Qirg‘iz Respublikasi.
Qur’a tashlash marosimi OFK hamda O‘FA "You Tube" sahifasida jonli efirda namoyish etiladi.
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar