
Ertaga "UFC Vegas 54" turniri o‘tkaziladi. Asosiy kard bilan tanishing!
Ertaga 15 may kuni Las Vegasda "UFC Vegas 54" turniri o‘tkaziladi. Kechaning asosiy jangi yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida Yan Blaxovich (28-9) va Aleksandr Rakich (14-2) o‘rtasida kechadi.
Ikkinchi markaziy jang ham og‘ir vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Unda Rayan Spenn (19-7) hamda Ion Kutselaba (16-6-1) oktagonga ko‘tariladi.
Asosiy kardning qolgan juftliklari bilan tanishing:
Deyvi Grant (14-6) — Lui Smolka (16-8) o‘ta engil vazn;
Ketlin Chukagyan (18-4) — Amanda Ribas (10-2) ayollar o‘rtasida super engil vazn;
Frenk Kamacho (20-10) — Manuel Torres (6-2) engil vazn;
Jeyk Xedli (12-2) — Allan Nasimento (18-6) super engil van.
Fikrlar