Ertaga yana bir o‘zbekistonlik MMA vakili Qozog‘istonda jang qiladi

  • 16 mart, 2021, 18:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

17 mart kuni Qozog‘istonning Almati shahrida MMA kechasi o‘tkaziladi.“Oktagon” promousheni tomonidan tashkil etilayotgan ushbu turnirda bir qator o‘zbekistonlik jangchilar ham ishtirok etadi.

Tecno

Jumladan, O‘g‘iloy Nasimova, Abdulaziz Sotvoldiev, Abdurahmon G‘ofurov ushbu jang kechasida oktagonga ko‘tarilishi haqida xabar bergan edik.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, yana bir vakilimiz “Alpomish” klubi a’zosi, Ilhom Sotvoldiev qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradigan Murod Nurmatov ham o‘z jangini o‘tkazadi. U qozog‘istonlik Farrux Mirsharipovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Mazkur janglarda hamyurtlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!