Esanovning "Akron"dagi faoliyati qanday boshlandi? Nega 25-raqamni tanladi? "Andijon"dan qanday xotiralar qoldi? Rossiyadagi debyutant legionerimiz bilan suhbat

  • 1 avgust, 2024, 12:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Rossiya premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Sherzod Esanovning “Akron” klubidagi faoliyati boshlandi.

Tecno

Ilk bor legionerga aylangan yarim himoyachi u erda ham o‘z iqtidorini namoyish qilishiga umid qilamiz. Ayni paytda hamyurtimiz yangi chempionat va yangi klubga moslashib bormoqda. Esanov hozircha Rossiya Kubogida maydonga tushdi. "Akron"ning "Rubin"ga qarshi bellashuvida legionerimiz asosiy tarkibga kiritildi va 57 daqiqa davomida to‘p surdi. Ammo "Akron" "Rubin"ga 0:4 hisobida yutqazdi.

Kuni kecha “Akron” bosh murabbiyi Zaur Tedeev o‘z intervyusida Esanovning potentsialini yuqori baholashini va undan umidi kattaligini alohida aytib o‘tdi. Esanov esa Sports.uz saytiga intervyu berdi.

- Sherzod “Akron” klubidagi faoliyatingiz boshlandi. Bu siz uchun yangi sahifa. Xo‘sh, sizni qanday kutib olishdi?

-  Assalomu alaykum. Jamoaga qo‘shilganimga ko‘p bo‘lmasa ham jamoam meni ancha yaxshi kutib oldi. Buning uchun ularga rahmat aytaman.

- Yangi jamoaga moslashishda kimlar ko‘proq yordam bermoqda?

- Jamoamiz ahil. Hamma desam ham bo‘ladi. Murabbiylar, xodimlar, futbolchilar, sport direktor, xullas barcha bilan yaxshi aloqadamiz.

- “Akron” taklifi dastlab qachon paydo bo‘lgandi va bu tanlovni amalga oshirish qanday yuz berdi?

- Men bilan agentim aloqaga chiqdi va bu taklifni har tomonlama o‘ylab rozi bo‘ldim.

- “Akron”da 25-raqamni tanladingiz. Nima uchun yoki bo‘shligi uchunmi?

- Bilmadim, shu raqamni olgim keldi. Bo‘shligi uchun desa ham bo‘ladi.

- Akron” yaqinda RPLdagi debyut g‘alabasini qo‘lga kiritdi. O‘yin qanday taassurot qoldirdi?

- Juda ajoyib o‘yin bo‘ldi. Tezroq chempionatda ham o‘ynashni xohlayapman.

- “Andijon”dagi faoliyatingizni qanday xotiralar bilan eslaysiz?

- Bilasizmi, “Andijon”dan juda katta tarjiba orttirganman, ham hayotiy, ham sport tomonlama. Shu fursatdan foydalanib jamoadoshlarim, murraybiylarga, Andijon xalqi muxlislarga rahmat aytaman.

-  O‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingiz nima?

- Maqsadlarim ko‘p va o‘z oldimga qo‘ygan maqsadlarim sari harakat qilaman.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!