Eshitdingizmi? Narx "Bunyodkor"dan ketayotgani to‘g‘risidagi mish-mishlarga izoh berdi
Avvalroq, "Bunyodkor" vakili Frantsis Narxning jamoadan ketayotgani haqida xabarlar tarqaldi. SPORTS.uz sayti jurnalisti Shohrux Zoirov shu savolga javob topish maqsadida futbolchining o‘zi bilan bog‘landi.
- Biz sizning O‘zbekistondan ketayotganingizni eshitdik. Bu gaplar qanchalik haqiqatga yaqin?
- Hozir men ta’tildaman. Hali bu boradi bir qarorga kelganim yo‘q.
- Superligada qolaman, deb ayta olasizmi?
- Ha, men qolishga qaror qilganman.



Fikrlar