Eshitdingizmi? "Navbahor" "Bunyodkor"ning yana bir futbolchisiga qiziqyapti
Yakunlangan mavsumni "Bunyodkor" safida o‘tkazgan hujumchi Ibrohim Tomiva jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, nigeriyalik futbolchi xizmatiga tarkibini sezirarli darajada kuchaytirayotgan "Navbahor" qiziqish bildirmoqda. Tomiva ayni damda vataniga uchib ketgan, agar tomonlar kelishuvga erishsa, yangi mavsumni hujumchi "lochinlar" safida boshlaydi.

23 yoshli forvard o‘tgan mavsum "qaldirg‘ochlar" safida 23ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar