Eto’O: Messi qariyapti
Kamerunlik hujumchi Samyuel Eto’O sobiq jamoasi “Barselona”ga yana bir necha yildan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin bo‘lgan Lionel Messi o‘rniga munosib futbolchi sotib olishni maslahat bermoqda.
Eto’O bu borada PSJ forvardi Kilian Mbappe va va “Borussiya” Dortmundning 16 yoshli hujumchisi Yussuf Mukoko nomzodlarini ilgari surmoqda.
“Messi bizga yana bir necha yilni sovg‘a qiladi, ammo u qariyapti. Shuni inobatga olganda, “Barselona” kelajagi haqida bosh qotirishi kerak”, - dedi Eto’O.
33 yoshli Messi joriy mavsum La Ligada 8 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta gol urdi.
Fikrlar