Eto’O prezidentlikka nomzodini qo‘ydi
"Barselona" va "Inter" klublarining sobiq hujumchisi Samuel Eto’O Kamerun futbol federatsiyasi prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ydi.
“Men Kamerun futbol federatsiyasi prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovda o‘z nomzodimni qo‘ydim.
Bu men uchun katta sharaf. Umid qilamanki, federatsiyani isloh qilishda va sevimli sportimizni yangi bosqichga olib chiqishda yordam bera olaman”, - dedi sobiq futbolchisi.
Eto’O to‘rt marta Afrikaning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan. Shuningdek, u Kamerun terma jamoasi safida 118 ta o‘yinda 56 ta gol urgan. U terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Fikrlar