
Ettita o‘yinda 13 ta gol. Bu forvardni olmasak bo‘lmaydi!
Bundesligada birdan porlay boshlagan Seru Girassi Evropa grandlari o‘ziga qaratib qo‘ydi.
“Shtutgart” forvardi mavsum startidayoq ettita uchrashuvda raqiblar darvozasini 13 marta ishg‘ol qilib, sermahsul o‘yin namoyish qilyapti. 27 yoshli futbolchini ikki oy muqaddam ko‘pchilik tanimas edi.
Ayrim mutaxassislar uning sermahsulligini “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandga qiyoslamoqda.
Futbol ekspertlari Seru Girassining o‘yinini tahlil qilib, uning darvozabonlar bilan birga bir vaziyatda juda samarali o‘ynay olishini alohida ta’kidlayapti.
Evropa grandlarining aksariyati Girassini olishga shoshilmasligi aytilmoqda. Chunki ular bu futbolchi “bir mavsumlik o‘yinchi” emasligini isbotlashi va muntazam gol ura olish qobiliyatini namoyish qilishi lozim.
Shunga qaramay, “Chelsi” Seru Girassiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Aristokratlar”ga uning ko‘p gol ura olishi juda ma’qul kelyapti.
Fikrlar